Mikrokreditbankda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarishlar muhokamasiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. 

Unda Mikrokreditbank rahbariyati, xodimlari hamda “ZOOM” platformasi orqali hududiy bosh boshqarmalar ishtirok etishdi. 

 Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Gulnora Marufova Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar yuzasidan maʼruza qildi. 

 Uchrashuvda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar “Inson – jamiyat – davlat” prinsipiga asoslanganligi, milliy konstitutsiyaviy oʼzlikni aks ettirishi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha boʼlimlariga tub oʼzgartirishlar kiritishni nazarda tutishi borasida fikrlar bildirildi. 

 Muhokamalar jarayonida Mikrokreditbank xodimlari ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarishlar boʼyicha oʼz fikr va takliflarini bildirdilar.

photo_2022-06-28_13-23-07.jpg