“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Toshkent III Xalqaro investitsiya forumi doirasida bir nechta xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar, shu jumladan, Rossiya Feredatsiyasining “RosselxozBank” va Germaniyaning “AKA” banki vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

f721f765-d648-4ceb-b3c9-78e9036ddadd.png

Xususan, Rossiya Federatsiyasining “RosselxozBank” AJ vakillari bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan, g‘aznachilik amaliyotlari, savdoni moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

485da72d-699d-4523-a3e2-8e31ea12ef69.png

Shuningdek, Germaniyaning “AKA” banki vakillari bilan Yevropa davlatlariga bog‘liq eksport shartnomalarini moliyalashtirish hamda savdoni moliyalashtirish liniyalarini jalb qilish yuzasidan Bosh kelishuvni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.