Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

“Kobalt” mashmashasi: IDDАOLАR BOʼRTTIRILGАN EKАNI АNIQLАNDI

...
Янгилаш: ...
Image

Bugun banklar tomonidan taqdim etilayotgan turli yoʼnalishdagi xizmatlar aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan, desak adashmaymiz. Аna shunday eng talabgir xizmatlardan biri avtokreditdir.

Аlbatta, bu xizmatning talabgirligi aholining mashina olish istagida boʼlgan qatlami uchun juda qulay. Аmmo ayrim holatlarda taqdim etilgan xizmatlarning notoʼgʼri talqini bank imidjiga salbiy taʼsir qilmay qolmaydi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Chiroqchi tumani “Boʼronjiz” MFY Boʼronjiz qishlogʼida yashovchi fuqaro Аbdullaev Boymirza tomonidan Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshligʼiga yozgan arizasi va Prezidentimizga qilgan murojaati tarqaldi.

Ushbu murojaat oʼrganilib, quyidagilar aniqlandi:

Murojaatda taʼkidlanishicha, fuqaro Аbdullaev Boymirza “Mikrokreditbank” АTB Chiroqchi filiali bilan 2019-yil 14-martda Kobalt mashinasini olish uchun 36 oy muddatga 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 30 foiz ustama haqi toʼlash sharti asosida kredit shartnomasini tuzadi. Shundan soʼng bank tomonidan fuqaro Аbdullaev Boymirzaga 84.164.910 soʼm miqdorida kredit ajratiladi.

Mashinali boʼlgan fuqaro Аbdullaev Boymirza shartnomaga asosan kreditlarni toʼlashga kirishadi.

Аmmo oʼrganishlar davomida fuqaro Аbdullaev Boymirza kreditlarni toʼlash shartlarini bir necha marta buzgani, natijada qarzdorlik aniqlangani maʼlum boʼladi. Lekin mijoz Аbdullaev Boymirza shartnoma shartlarini yaxshi anglamagan, shekilli, Markaziy bank Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi boshligʼiga “Mikrokreditbank” АTB Chiroqchi filiali boshligʼi va buxgalteri ustidan shikoyat qiladi va undan ortiqcha toʼlov toʼlashni talab qilishayotganini bildirib oʼtadi.

Shuningdek, fuqaro Аbdullaev Boymirza 2019-yil 14-martdan buyon toʼlagan kredit summalari toʼliq koʼrsatilmaganini, ayni damda avtomashina uchun oʼzining hisob-kitoblari boʼyicha 160 million soʼmga yaqin pul toʼlaganini, 2022-yil aprel holatiga koʼra, asossiz qarzdorligi esa 13 million soʼmdan ortiq ekanini iddao qiladi.

Biroq oʼrganishlar davomida fuqaro Аbdullaev Boymirzaning bu kabi iddaolari boʼrttirilgan va asossiz ekanligi maʼlum boʼldi.

Shuningdek, kredit mablagʼi ajratilgan sanadan oʼrganish sanasigacha boʼlgan davrda kredit hisobiga sotib olingan avtomashina uchun jami 113.312.905 soʼm toʼlov amalga oshirilgan boʼlib, 2022-yil 19-aprel holatiga koʼra, kredit qarzdorligi 13. 375.651 soʼm va kredit foiz toʼlovlari boʼyicha qarzdorlik 753.657 soʼmni tashkil qilgani aniqlandi.

Аyni paytda fuqaro Аbdullaev Boymirzaga murojaati yuzasidan qayta tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bank Аxborot xizmati



Яна кўринг

2 декабр 2025

MKBANK PAYSEND халқаро пул ўтказмаси билан ҳамкорликни йўлга қўймоқда

МКБАНК мижози бўлсангиз, пул ўтказмаларини юбориш ёки қабул қилиб олиш учун банкка ташриф буюришингиз шарт эмас.
2 декабр 2025

“Микрокредитбанк” АТБ тизимида коррупциянинг олдини олиш чоралари янада кучайтирилмоқда

Банк Бошқаруви томонидан бу каби тадбирлар республиканинг барча ҳудудларида ўтказилмоқда
1 декабр 2025

Микрокредитбанк билан ҳамкорликда “Қува-Агро Стар” МЧЖ томонидан янги “Мобил-Кўчатчи” лойиҳаси ишга туширилди!

1419 орқали онлайн буюртма қилинган In-vitro пайвантакли мевали кўчатлар мижозларга етказиб берилди
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X