Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid
...
Янгилаш: ...
Image
Mikrosarmoyalar - mustaqil hayotga oydin yo'l

Yurtimizda yoshlarga oid davlat dasturini amalga oshirish, bu borada tadbirkor yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar ochib berish yuzasidan, xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar natijada ularning safi kun sayin kengayib borayotir. Bugun kollejlarni bitirib chiqayotgan ko'plab yoshlarimiz tadbirkorlik bilan shug'ullanish niyatida banklarga o'z biznes rejalarini taqdim etmoqdalar. O'z vaqtida yoshlarning istiqbolli loyihalari tanlab olinib, ularni moliyalashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Ayni paytda “Mikrokreditbank” ko'plab yurtdoshlarimizning, ayniqsa kasb-hunar kollejlarini bitirib, mehnat bozoriga qadam qo'yayotgan yoshlarimizni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash barobarida chekka xududlarda ham yangidan-yangi ish o'rinlarini tashkil etilishida o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda. Jumladan bank tomonidan 2014 yilning o'tgan olti oyi davomida mamlakatimizdagi 2 ming 162 nafar kasb-hunar kollej bitiruvchilariga 13,4 milliard so'm kredit ajratildi.

Yaqinda respublikmizning chekka Nurota, Yozyovon, Uzun, Xonqa va Muynoq tumanlarida “Bank va kollej xamkorligi” loyixasining “Yoshlarning biznesdagi birinchi qadami!” mavzusidagi anjumanlar o'tkazildi. “Bank va kollej hamkorligi” loyihasi doirasida o'tkazilgan tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat xokimi o'rinbosarlari, xotin-qizlar qo'mitasi raislari, tuman xokimlari, viloyat Markaziy bank va kollejlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

O'tkazilgan ushbu tadbirda jami 418 nafar bitiruvchi yoshlarga xususan 277 tasi qizlarga boshlan'ich sarmoya ajratilishi bo'yicha sertifikatlar, tikuvchilik bilan shug'ullanish niyatida bo'lgan 35 nafar qizlarga tikuv mashinkalari taqdim etildi. Tadbir natijasida yuqorida qayd etilgan tumanlarda 453 ta yangi ish o'rinlari, xususan 315 ta bitiruvchi qizlar o'zlari uchun ish o'rinlari tashkil etish imkoniyatlari yaratib berildi.

Shuningdek, Muynoq tumanida “Sog'lom bola yili” Davlat Dasturi yo'nalishida “Qoraqalpoq ayollarining iqtisodiy bilimlarini hayotga keng tadbiq etish” loyihasi amalga oshirilishi belgilab berilgan bo'lib, ayollar Tikozek, Bozatau, Madeli qishloq fuqarolar yig'inlari xududlarida iste'qomat qilayotgan ehtiyojmand oila a'zolaridan shakllantirildi. Ushbu loyiha doirasida joriy yilning 1-apreliga qadar 110 nafar qishloq ayollarining iqtisodiy bilimlari oshirildi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.

O'tkazilgan tadbirda shakllangan 8 ta guruhlarga jamlangan 40 nafar ayollarga guruh kafilligi asosida boshlang'ich sarmoya mikrokreditlari ajratildi va ushbu loyiha doirasida mikrokredit olgan jami ayollar soni 110 nafarni tashkil etdi. Ularga ajratilgan mikrokreditlar miqdori 220 mln. so'mni tashkil etdi. Ushbu loyixaning samaradorligini loyihada qatnashgan ayollarning iqtisodiy bilimlari oshirilganida, ularning xo'jalik yurituvchi sub'ekt sifatida shakllanganligida, ta'minoti bo'lmasada, bankdan kredit olish imkoniyatiga ega bo'lganligida, kelgusida ijobiy kredit tarixini shakllantira olishi uchun harakat qila boshlaganligida hamda olgan kichik sarmoyasi bilan boshlagan biznesi orqali oilasi farovonligiga o'z hissasini qo'sha olish imkoniyatiga ega bo'lganligida ko'rish mumkin bo'ladi.



Яна кўринг

30 май 2022

Германия жамғарма кассалар фонди билан ҳамкорликда тренинг ташкиллаштирилди

Бугун Микрокредитбанк AТБ ҳамда “German Sparkassenstiftung for international cooperation” ҳамкорлигида банк ходимлари учун интерактив семинар ташкиллаштирилди.

27 май 2022

Микрокредитбанкда бизнес ва лидерлик бўйича семинар бўлиб ўтди

Жорий йилнинг 26 май куни банк тизимида халқаро эксперт Моника Пиккер лекторлигида "Бизнесни ташкил этишнинг муҳим омиллари ва лидерлик сифатлари" мавзусида семинар ташкил этилди.

15 апрел 2022

Олимпиадада ғолиб бўлган талабалар банкка ишга қабул қилинади

Олимпиада ғолиблари ноутбук, планшет, смарт соат ва эсдалик совғалар билан тақдирландилар.

Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X