Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Quyonchilikni qoʻllab-quvvatlash qoʻshimcha imkoniyatlarga yoʻl ochadi

...
Yangilash: ...
Image
Quyonchilikni qoʻllab-quvvatlash qoʻshimcha imkoniyatlarga yoʻl ochadi

Quyonchilik serdaromad tarmoqlardan biri. Chunki quyonchilikda kam mablagʻ sarflab, koʻplab parhez goʻsht, sifatli moʻynali teri, mayin tivit kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin. 

E’tiborlisi esa xonadonlarda quyon boqish uncha katta xarajat talab qilmaydi. Shu bois mamlakatimizda quyonchilik bilan shugʻullanayotganlar soni yildan yilga koʻpayib bormoqda. Quyonchilik fermalari, katta-katta klaster va komplekslar tashkil etilmoqda.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATB respublikamizda quyonchilikni rivojlantirishga mas’ul etib belgilanganiga ham bir necha yil boʻldi va aytish joizki, oʻtgan vaqt mobaynida ushbu yoʻnalishda sezilarli ishlar amalga oshirildi. 

Natijada respublikamiz hududlarida 391 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar tashkil qilinib, ushbu xoʻjaliklarni va jismoniy shaxslarning quyonchilik bilan shugʻullanishi borasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun bank tomonidan jami 5 515 ta (shundan 431 ta yuridik shaxslarga va 5 084 ta jismoniy shaxslarga) mijozlarga 503,0 mlrd. soʻm miqdorda kreditlar ajratilib, 8 798 ta ish oʻrni yaratildi.

Shundan, 2022-yilda ajratilgan kreditlarning 32,6 mlrd. soʻmi yuridik shaxs maqomiga ega 13 ta quyonchilik xoʻjaliklariga, qolgan 10,7 mlrd. soʻmi 424 ta jismoniy shaxslarga oʻz xonadonida quyonchilikni rivojlantirish maqsadi uchun yoʻnaltirildi. Buning natijasida joriy yilning oʻtgan davrida 10 ta yangi quyonchilik xoʻjaliklari tashkil etildi.

Insta 1082.png

Misol uchun, yirik quyonchilik fermalaridan Toshkent shahridagi “The best Italian Rabbits” MCHJga quyon chiqindi qayta ishlab chiqarish va boshqa binolar qurilishi uchun 18,7 mlrd. soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Taxtakoʻpir Xon Quyonlari” MCHJga quyonchilik fermasini tashkil etishi uchun 6,1 mlrd. soʻm, Fargʻona viloyatidagi “Roshidonlik Umidaxon Fayzi” F/Xga Quyonchilik kompleksini qurish uchun 5,0 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika boʻyicha barcha toifada parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 2022-yil boshiga 1 630 mingtani tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 2 152 ming boshga yetkazildi. 

Bundan tashqari, quyonchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazish markazlari tashkil etilib, ushbu sohaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar va xonadon egalarini bosqichma-bosqich oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X