
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mikrokreditbank” ATB Toʻrtkoʻl BXM xodimlari 17 nafar omonatchining pullarini oʻzlashtirgan” degan xabarlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.
Toʻrtkoʻl BXMda omonat mablagʻlari oʻzlashtirilganlik holati bankning Ichki nazorat tizimlari tomonidan aniqlangan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Mazkur holat boʻyicha tergov jarayonlari tugatilib, sud ishlari davom etmoqda.
Sudning tegishli qaroriga asosan holatlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, omonat mablagʻlari toʻlab berilishi maʼlum qilinadi.
Bank Axborot xizmati

















