Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Sanoat rivoji uchun yangi imkoniyatlar

...
Yangilash: ...
Image
Sanoat rivoji uchun yangi imkoniyatlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha videoslektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.

Bu hududlar rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Birgina qurilish materiallari bo‘yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi.

Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirilgan. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zonasida 2022 yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Davlatimiz rahbari sanoat uchun yangi imkoniyatlar va qo‘shimcha moliyaviy resurslar berilishini ta’kidladi. 

 Birinchi imkoniyat bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so‘m resurslar ta’minlanadi. Bu – bitta tumanda o‘rtacha 20 million dollarlik investitsiyaga qo‘shimcha manba, degani. 

 Ikkinchi imkoniyat – 2023 yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, “G‘ijduvon” va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi. Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi. 

Uchinchi imkoniyat – 2023 yildan boshlab, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo‘lgan to‘rtinchi va beshinchi toifadagi 60 ta tumanga 27 turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berilganidir. 

 To‘rtinchi imkoniyat – gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik tarmoqlari uchun taqdim etilayotgan yengilliklar. Unga ko‘ra, 2023 yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi. Charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xomashyo bo‘yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi. Zargar tadbirkorlarga xomashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari beriladi. 

 Prezidentimiz bu imkoniyatlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazib, joylarda loyihalarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan sanoat tarmoqlari rahbarlari va hokimlar o‘z reja va takliflarini bildirdi.



Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X