Xiva shahrida 30-31 oktabr kunlari Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b. U. Jumaniyazov rahbarligida tadbirkor va aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 50 dan ortiq aholi va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan, uchrashuvda joriy yilning 14-oktabr kuni Prezidentimiz boshchiligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b. U. Jumaniyazov mahalla aholisi va amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishib, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashdi.

Unda:
— aholi bandligi va daromadliligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar o‘rganildi;
— tadbirkorlar xonadonida bevosita muloqot o‘tkazilib, muammo va takliflar joyida tinglandi;
— bank xizmatlari qamrovini kengaytirish hamda yangi biznes loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur uchrashuv Xiva shahri aholisi uchun mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonamiz.
Bank Axborot xizmati