Kuni kecha "Mikrokreditbank" ATB tashabbusi bilan Buxoro viloyati Kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda Shofirkon qishloq xo'jaligi mahsulotlari kollejida tumandagi ishsiz xotin-qizlar uchun 24 yillik tajribaga ega kashtachi Muhabbat Qo'chqorova tomonidan "Kashtachilik sehri" mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

0bd0371d-f5b5-45c2-b641-3475f824f402.png

Mahorat darslari ham nazariy, ham amaliy usulda tashkil etildi va bundan ko'zlangan asosiy maqsad tumandagi ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish, ularni kashtachilik yo'nalishiga qiziqtirish hamda kelgusida ularni ish bilan ta'minlab, oilaviy daromadini yanada oshirishdan iborat. 

d1e15cce-a629-43b1-9839-bfb60c716eb9.png

152a6506-2afe-4ea1-81c0-9fdc16496d87.png

P.S. Muhabbat Qo'chqorova hozirgacha Amerika, Fransiya, Malayziya va Turkiya kabi davlatlarida bo'lib, o'zbek kashtachiligi bo'yicha xalqaro ko'zgazmalarda o'z mahsulotlari bilan ishtirok etgan yetakchi o'zbek ayollaridan bo'lib, davlat rahbari tomonidan "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Bank Axborot xizmati