Bugungi kunda bank kartalarisiz yoki naqd pulsiz ham bemalol xarid qilish imkoniyatlari kengaymoqda. MKBANKning UZCARD Tez-QR xizmati orqali esa ana shunday qulaylikni taqdim etadi.

Endilikda UZCARDdan Tez-QR xizmati bilan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri PAX A930 onlayn kassa apparati va mobil ilovalar orqali QR kodni skanerlash yordamida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Buning uchun sotuvchiga xaridlaringizni UZCARD terminalidagi QR kod orqali amalga oshirmoqchi ekanligingizni ayting.

Mobil ilovadagi QR tasvirni to'g'ridan-to'g'ri terminal orqali skanerlang va xaridingizdan mamnun bo‘ling.

Eng muhimi, Siz istalgan bankning UZCARD kartalaridan foydalanib, toʻlovni amalga oshirish vaqtida xaridingiz uchun qaysi bank kartasidan foydalanishni tanlashingiz mumkin.

Ta’kidlash kerakki, ushbu xizmat turini bankimizning MAVRID mobil ilovasi orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Unutmang, QR to'lovlari uchun bank kartalaridan komissiya olinmaydi!