Shrift hajmi:
A A A
Masshtab:
A A A A
Sayt rangi: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENIŃ BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani

7
Jańalaw: 12 Saratan 2025, 18:55
Image
Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani

PRESS-RELIZ

Joriy yilning 20-sentabr kuni Milliy matbuot markazida Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova va tegishli masʼullar ishtirok etdi. 

Matbuot anjumanida bankning 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosining taʼminlanishi natijasida 2024-yilning 8 oyida erishilgan natijalar haqida soʻz bordi. 

02 (2).png

Jumladan, bank kapitali qariyb 4 trln. soʻmga; umumiy aktivlar 21 foizga oshib, 23 trln. soʻmga; kredit portfeli 13 foizga oshib, 16,3 trln. soʻmga; bankdagi umumiy depozitlar qoldigʻi 8 foizga ortib, 6,9 trln.soʻmga yetdi. 

Jalb qilingan resurslar hamda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan joriy yilning oʻtgan 8 oyida 133 578 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga 5 trln. soʻm kredit ajratilib, qariyb 206 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi. 

04.png

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida hisobot davrida aholi va tadbirkorlarga jami 1 508 mlrd. soʻmdan ortiq kreditlar (yillik reja 2,4 trln.soʻm) ajratilishi natijasida 90 101 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shu bilan birga, ushbu kreditlarning 575,5 mlrd. soʻmi 33 176 nafar yoshlar hamda 772,5 mlrd. soʻmi 51 735 nafar xotin-qizlarning loyihalariga yoʻnaltirilgan.

Oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida imtiyozli kredit mablagʻiga ehtiyoji bor aholi ortiqcha vaqt sarflamasdan bankning “Mavrid” ilovasi orqali kreditga ariza yuborish imkoni yaratildi. Buning uchun bankning “Mavrid” ilovasi hamda oilakredit.uz platformasini integratsiya qilish jarayonlari yakuniga yetkazildi.

05.png

Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini va doimiy daromad manbaini taʼminlaydigan ish oʻrinlarini yaratish maqsadida  4 ta tajriba - Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribasi yaratildi va shu asosda butun mamlakatda, har bir tuman, har bir mahallada ishlar tashkil qilinmoqda. 

“Sayxunobod tajribasi” boʻyicha bankka biriktirilgan 1 230 ta mahallalardagi 7 767 ta xonadonlarga jami 136,5 mlrd soʻmlik loyiha paketlari yetkazib berilishi natijasida 15 844 nafar aholining bandligi taʼminlandi.

“Uychi tajribasi” asosida Rahbariyat tomonidan bank mijozlari, tadbirkorlar ishtirokida jami 337 marotaba uchrashuvlar oʻtkazilib, tadbirkorlarning 5 516 ta murojaatlari ijobiy hal etilishi natijasida 61 987 ta ish oʻrni yaratildi. Ushbu tajribani qoʻllagan holda 903 mlrd soʻm kredit hisobiga 29 049 ta mikroloyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida 52 140 nafar yangi ish oʻrni yaratildi 

"Gʻijduvon tajribasi” asosida Mikrokreditbank tomonidan Gʻijduvon tumani “Gulistonobod” MFYdagi “Ortiq Dilnavoz” MCHJga 150 oʻrinli tikuv sexi qurib berilib, tutash mahallalardagi 150 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi taʼminlandi. Bu kabi ishlab chiqarish bino-inshootlari tumanning yana 20 ta mahallalarida qurilib, mahalliy tadbirkorlarga 20 yilga boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi. Natijada, tumanning 3 mingdan ziyod aholisi ish bilan band qilinadi.

“Zarbdor tajribasi” asosida bankka biriktirilgan Xiva shahrining “Garvuk koʻl” massivida zamonaviy turizm majmuasi tashkil qilinmoqda. 

03 (3).png

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan yana bir muhim yoʻnalish, yoshlarning taʼlim olishiga, oliy oʻquv yurtlari talabalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Misol uchun, 2024-yilning oʻtgan davrida 13 589 nafar talabaga jami 113,5 mlrd. soʻm miqdorida taʼlim kreditlari ajratildi. Eʼtiborlisi, ushbu mablagʻning asosiy qismi, yaʼni  88,8 mlrd. soʻmi aynan 10 976 nafar xotin-qizlarning tahsil olishi uchun foizsiz kreditlar ajratildi.

Aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 3-chorakda 272 nafar mijozga jami 82,7 mlrd. soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratib berildi. 

Bank transformatsiyasi jarayonlari natijasida 2024-yilda xizmat nuqtalari soni 574 taga, xizmat turlari soni 102 taga, bankomatlar soni 826 taga yetkazilib, 24/7 shoxobchalar soni 437 taga yetdi, bankimiz tomonidan oʻtgan davrda 2,38 mln.dan ortiq mijozga xizmat koʻrsatildi. 

Bankda amalga oshirilgan raqamlashtirish hamda transformatsiya chora-tadbirlarida inson omilisiz koʻrsatiladigan bank xizmatlaridan onlayn foydalanuvchi jismoniy shaxslar ulushi 60 foizga, tadbirkorlar ulushi 77 foizga oshdi. 

Mikrokreditbank kelgusida ham aholiga va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy, sifatli bank xizmatlarini doimiy ravishda koʻrsatilishini taʼminlaydi. 

Bank Axborot xizmati



Qarañ da

13 Jawza 2025

SIRDÁRYADA BRIFING ÓTKERILEDI

Mikrokreditbank Sırdárya wálayatı basqarması tárepinen xalıqtıń bántligin arttırıw hám kámbaǵallıqtı qısqartıw boyınsha brifing ótkeriledi.
13 Jawza 2025

Gezektegi brifing shólkemlestirilmekte

Usı jıldıń 13-may kúni "Mikrokreditbank tárepinen xalıqtıń bántligin támiyinlew hám kámbaǵallıqtı qısqartıw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar" boyınsha brifing ótkerilmekte.
25 Hamal 2025

Tashkent wálayatına gezektegi press-tur shólkemlestirildi

Búgingi kúnde mámleketimizde qusshılıqqa úlken itibar qaratılmaqta. Sebebi, áyne qusshılıq xalıqtı azıq-awqat ónimleri menen támiyinlewde tiykarǵı áhmietke ie bolıp, awıllarda adamlardıń jumıs penen bánt bolıwına úles qosadı.

Soraw

Sizdi eń kóp qanday bank xizmetleri qızıqtıradı?

Jańa hújjetler

Amanat ashıw - ańsat!
MAVRID qosımshasın házir júklep alıń.
Qosımshanı sizge qolaylı servis arqalı júklep alıń hám Mavrid
imkaniyatlarınan búgin-aq paydalanıwdı baslań!:
Amanat ashıw - ańsat!
Amanat ashıw - ańsat!
Biypul ótkermeler
5 million sumǵa shekem ótkermeler - tolıq biypul!
Qosımshanı sizge qolaylı servis arqalı júklep alıń hám Mavrid
imkaniyatlarınan búgin-aq paydalanıwdı baslań!:
Biypul ótkermeler
Biypul ótkermeler
Onlayn Mikroqarız "Ommabop"
Tez hám ańsat! MAVRID qosımshasın házir júklep alıń.
Qosımshanı sizge qolaylı servis arqalı júklep alıń hám Mavrid
imkaniyatlarınan búgin-aq paydalanıwdı baslań!:
Onlayn Mikroqarız "Ommabop"
Onlayn Mikroqarız "Ommabop"
Onlayn tálim krediti
Oqıwdı keshiktirmeń - házirden baslań.
Qosımshanı sizge qolaylı servis arqalı júklep alıń hám Mavrid
imkaniyatlarınan búgin-aq paydalanıwdı baslań!:
Onlayn tálim krediti
Onlayn tálim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID qosımshasında. Telefonıńız - qaltańız.
Qosımshanı sizge qolaylı servis arqalı júklep alıń hám Mavrid
imkaniyatlarınan búgin-aq paydalanıwdı baslań!:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Tiykarǵı Karta boyınsha
Biz benen baylanısıw
Call-oray
Jumıs tártibi: Dú-Ju 08:00-20:00
Isenim telefonı
Jumıs tártibi: Dú-Ju 09:00-18:00
Barlıq baylanıslar
Korrupciyaǵa qarsı qadaǵalaw departamenti isenim nomeri
(Ishki nomeri: 1265)
Jumıs tártibi: Dú-Ju 09:00-18:00
MOBIL QOSIMSHA
MOBIL QOSIMSHA

Qosımshası járdeminde barlıq bank xızmetlerinen 24/7 paydalanıń - úyden shıqpastan, tez, qolaylı hám isenimli túrde!

Belgilengen tekstti tıńlaw ushın tómendegi túymeni basıńPowered by X