Bank xizmatlari bozorida yirik moliyaviy katalizatorlardan biri hisoblangan “Mikrokreditbank” ATB keng qamrovli G‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshiradi:

Moliya va pul bozori tranzaksiyalari:

  • Amaldagi foiz stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslar va moliya institutlaridan xorijiy valyutada depozitlar jalb qilish va joylashtirish;
  • Banklararo pul bozorida milliy valyutadagi mablag‘larni uzoq, o‘rta va qisqa muddatli depozitlarga joylashtirish va jalb qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Overnayt, Depozit auksion, Repo va Svop operatsiyalari;
  • Davlat g‘aznachiligi majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarini xarid qilish.

Valyuta bozori tranzaksiyalari:

  • Mijozlar va hamkor banklar talabiga binoan asosiy xorijiy (USD, EUR, GBP va RUB) valyutalarda TOD, TOM, SPOT va FORWARD shartlari asosida konversion tranzaksiyalarni amalga oshirish;
  • Valyuta bozoridagi kotirovkalarni tez o‘zgaruvchanligini va bozor kon’yukturasini xisobga olib mijozlar uchun valyuta kurslarini xedjerlash bo‘yicha operatsiyalar

Qimmatli qog‘ozlar bozori:

  • Inverstorlarga bank tomonidan emissiya qilingan depozit sertifikatlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish

Jańa hújjetler