Uzundan uzun navbatlar hamda plastik karta orqali to`lov amalga oshirishdagi texnik nosozliklardan charchadingizmi? U holda QR kod orqali mahsulotlarga to`lov amalga oshirish Siz uchun ayni muddao!

QR kod – obyekt haqida ma'lumotlar jamlangan shtrix-kod bo`lib, elektron to`lovlarni tez fursat ichida amalga oshirish uchun kerak bo`ladi.

Buning uchun Siz MKB mobile ilovasi orqali mahsulotning QR kodini skanerlaysiz va kerakli summani kiritasiz, bir necha soniyadan so`ng esa sotuvchiga to`lov amalga oshirilgani haqida xabar keladi.

Mikrokreditbank – maqsad sari dadil qadam!

Bank axborot xizmati