Bugundan yurtimizdagi ta`lim sohasidagi muassasalarga muddatli ta’til berildi. Shuni ma`lum qilamizki, ushbu karantin holati Bank tizimiga, jumladan Mikrokreditbank ish rejimiga ta’sir qilmaydi.

Aholi uchun barcha turdagi xizmatlarimiz, 24/7 rejimidagi shoxobchalarimiz uzluksiz xizmat ko’rsatishda davom etadi. Ma’lumot uchun: bugunga kelib Oʼzbekistonda tojsimon virusga chalingan bemorlar soni olti nafarga yetdi.

Fransiyada boʼlib qaytgan bir nafar Oʼzbekiston fuqarosida COVID-19 tojsimon virus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi. Qon tahlillari natijasida dastlab ushbu bemorning oʼgʼli va qizida, keyinchalik turmush oʼrtogʼi va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da “Oʼzbekiston havo yoʼllari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʼnalishidagi 274- reys bilan kelgan Oʼzbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan.

Bemorlar bilan muloqotda boʼlganlarning roʼyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat oʼrnatildi. O’zingiz va yaqinlaringizni tojsimon virus xavfidan saqlang.

Bank axborot xizmati