Jismoniy shaxslarga 2020-yil iyun, iyul va avgust oylariga toʼlash uchun berilgan kreditlarining (onlayn va overdraft kreditlaridan tashqari) asosiy qarzi yana 3 oyga uzaytirildi.
Bu chora koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uning oqibatida qarzdorlarning kredit toʼlovlari bilan bogʼliq risklarini yumshatish maqsadida yoʼlga qoʼyildi.
Kredit toʼlovlarini uzaytirish boʼyicha imtiyozlar 2020-yil 1-iyungacha ajratilgan kreditlar va 2020-yil 1-iyun holatiga kredit qoldigʼi 100 mln soʼmdan kam boʼlgan kreditlar uchun amal qiladi.
Ammo bu foiz majburiyatlaridan ozod etmaydi!
Bank axborot xizmati