“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan yuridik shaxslar uchun quyidagi shartlarda depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi:
Depozit sertifakatlari emitenti: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki.
Chiqarilgan depozit sertifikatlar shakli: Blanka koʼrinishda hujjatli shaklda.
Depozit sertifikatlarini chiqarish shartlari roʼyxatga olingan sana va roʼyxat raqami: Depozit sertifikatlarini chiqarish shartlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2020-yil 30-noyabrda DS-27-0271-1 raqam bilan roʼyxatga olingan.
Depozit sertifikatlarining muomala muddati va yillik foiz stavkalari: 182 kundan-730 kungacha (Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasiga 1 foiz qoʼshilgan miqdorda).
Muomalaga chiqarilgan depozit sertifikatlarining umumiy qiymati: 100 000 000 000 so`m.
Depozit sertifikatlari boʼyicha foiz toʼlovi shartlari va muddatlari: Sertifikat sotib olingan sanadan qatʼiy nazar har oyning oxirgi sanasidan boshlab 5 (besh) bank ish kunida toʼlanadi.
Depozit sertifikatlarini Bankning Аmaliyot boshqarmasi va barcha filiallaridan xarid qilishingiz mumkin. Murojaat uchun telefonlar: 71-202-99-99 (1192, 1170).