“Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan Amaliyot boshqarmasi qoshidagi “Chilonzor” hamda Toshkent viloyat mintaqaviy filiali qoshidagi “Zangiota” minibanklari yopilishi belgilandi.
Toshkent shahri Chilonzor-Ц mavze “Chilonzor buyum bozori” hududida joylashgan “Chilonzor” minibanki yopilishi munosabati bilan minibank mijozlari tomonidan qilinadigan murojaatlar oʼrnatilgan tartibda Toshkent shahar, Lutfiy ko`chasi, 14-uy manzilida joylashgan Amaliyot Boshqarmasida qabul qilinadi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar QFY, Oxunboboyev ko`chasi, 21-uy hududida joylashgan “Zangiota” minibanki yopilishi munosabati bilan minibank mijozlari tomonidan qilinadigan murojaatlar oʼrnatilgan tartibda Toshkent viloyati, Keles tumani, Binokor ko`chasi, 8-uy manzilida joylashgan Keles filialida qabul qilinadi.
Qoʼshimcha maʼlumotlarni 71 202 99 99 (1094-1093) raqamidan olishingiz mumkin.