“Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan Farg`ona viloyati Amaliyot bo`limi qoshidagi “Yakkatut” va “Furqat”, Qo`qon filiali qoshidagi “Beshariq” minibanklari yopilib, shu nomdagi bank xizmatlari markazlarini tashkil etish belgilandi.

Farg`ona viloyati, Toshloq shaharchasi, Navoiy ko`chasi 18-uyda joylashgan “Yakkatut” minibanki yopilishi munosabati bilan minibank mijozlari tomonidan qilinadigan murojaatlar oʼrnatilgan tartibda huddi shu manzildagi Toshloq BXMda qabul qilinadi.

Farg`ona viloyati, Furqat tumani, Navbahor shaharchasi, 12-uyda joylashgan “Furqat” minibanki yopilishi munosabati bilan minibank mijozlari tomonidan qilinadigan murojaatlar oʼrnatilgan tartibdah shu manzildagi Furqat BXMda qabul qilinadi.

Farg`ona viloyati, Beshariq tumani, Oltin vodiy ko`chasidagi Savdo markazi binosida joylashgan “Beshariq” minibanki yopilishi munosabati bilan minibank mijozlari tomonidan qilinadigan murojaatlar oʼrnatilgan tartibda huddi shu manzildagi Beshariq BXMda qabul qilinadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlarni (71) 202 99 99 (1094-1093) raqamidan olishingiz mumkin.