
Mikrokreditbank bugungi kunda barcha budjet tashkilotlari uchun korporativ bank kartalarini chiqarish va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyor.
Mazkur yechim tashkilotlarning moliyaviy jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtirib, tezkor va shaffof ishlash imkonini beradi.
Tezkor xaridlar — ortiqcha ovoragarchiliksiz
Korporativ karta orqali tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun endi uzoq jarayonlar talab etilmaydi. Amaldagi tartibga ko‘ra, xaridlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, g‘aznachilikda oldindan ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.
Natijada:
• Favqulodda ehtiyojlar bir necha daqiqada hal qilinadi
• Ish jarayonlari tezlashadi
Kichik xaridlar uchun:
• Shartnoma tuzish
• Ekspertizadan o‘tkazish
• To‘lov hujjatlarini tayyorlashda ortiqcha hujjatlar va jarayonlar kamayadi. Bu esa vaqtni tejash bilan bir qatorda ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytiradi.
Shaffoflik va to‘liq nazorat
Har bir tranzaksiya raqamli tizimlar orqali nazorat qilinadi:
• “UzASBO” dasturi orqali real vaqt monitoring
• Bank ko‘chirmalari orqali doimiy kuzatuv
Natijada, mablag‘larning maqsadli sarfi ta’minlanadi va nazorat kuchayadi
Karta orqali amalga oshirilgan xaridlar elektron chek va hisob-fakturalar asosida avtomatik tarzda buxgalteriyada aks etadi. Bu esa inson omilini kamaytiradi, xatolarni oldini oladi.
Buxgalter uchun qulay boshqaruv
Tashkilot buxgalterlari uchun keng imkoniyatlar mavjud:
• Shaxsiy kabinet orqali kartalarga mablag‘ o‘tkazish
• Kartalar o‘rtasida 24/7 pul o‘tkazish
• Xarajatlar uchun limit belgilash
Shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlar quyi tashkilotlar kartalari ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin.
Korporativ bank kartalari — bu byudjet tashkilotlari uchun tezkorlik, qulaylik, shaffoflik va raqamli nazorat birlashtirilgan zamonaviy moliyaviy yechimdir.
Axborot xizmati



















