Mazkur seminar Respublika Markaziy banki tomonidan Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamg'arma kassalari fondi bilan hamkorlikda “O'zbekiston Respublikasida moliya sohasini qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Unda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamg'arma kassalari fondi eksperti Mixail Frantz bank xodimlariga marketing sohasining moliyaviy tashkilotlar faoliyatidagi ahamiyati va istiqbollari borasida ma'lumot berdi.
Ikki kunlik seminar yakunida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bankda markating faoliyatini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirishga hamda bank faoliyatini xalqaro tajribalarga mos ravishda yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.
Matbuot xizmati