HURMАTLI АKSIYADORLАR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2022-yil 30-mart kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” АTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

  1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangi tahrirdagi “Kuzatuv kengashi aʼzolariga haq va kompensatsiyalar toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi nizomini tasdiqlash, shuningdek “Аksiyadorlar umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida”gi, “Kuzatuv kengashi toʼgʼrisida”gi va “Boshqaruvi toʼgʼrisida”gi nizomlariga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar kiritish.
  3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʼzgartishlar va qoʼshimchalar kiritish.
  4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

“Mikrokreditbank” АTB Kuzatuv kengashining 2022-yil 1-martdagi majlisi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2022-yil 24-mart kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2022-yil 1-mart kuni holatiga tuziladi.

Аksiyadorlarni roʼyxatga olish 2022-yil 30-mart kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.

Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferens-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 998 (71) 202-99-99 (1316, 1317)

Bank Kuzatuv kengashi