HURMАTLI АKSIYADORLАR!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2021-yil 25-noyabr kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” АTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Yigʼilish kun tartibi:

  1. “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini kamaytirish.
  3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʼzgartishlar kiritish.
  4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining avval roʼyxatdan oʼtkazilgan Аksiyalar qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarorlariga oʼzgartirishlar kiritish va avval roʼyxatdan oʼtkazilgan Аksiyalar qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarorlariga kiritilayotgan oʼzgartirishlar va (yoki) qoʼshimchalar matnini tasdiqlash.
  5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2021-yil faoliyati yakuni yuzasidan majburiy auditorlik tekshiruvi oʼtkazish, auditorlik tashkiloti va uning xizmatlariga toʼlanadigan eng koʼp haq miqdori chegarasini belgilash, shuningdek u bilan shartnoma tuzish.

Mikrokreditbank” АTB Kuzatuv kengashining 2021-yil 28-oktyabr kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2021-yil 19-noyabr kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2021-yil 28-oktyabr kuni holatiga tuziladi.

Аksiyadorlarni roʼyxatga olish 2021-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Аksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.

Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferents-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 998 (71) 202-99-99 (1316, 1317)

Bank Kuzatuv kengashi