Аksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi toʼgʼrisida aktsiyadorlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan eʼlon
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining DIQQАTIGА!
HURMАTLI АKTSIYADORLАR!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi 2021 yil 30 iyunь kuni, soat 10:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” АTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.
Yigʼilish kun tartibi:
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2020 yil yakunlari boʼyicha Аktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2020 yil faoliyati yakunlari boʼyicha Kuzatuv kengashining hisobotini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2020 yil yakunlari boʼyicha moliya-xoʼjalik faoliyati yuzasidan Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining 2020 yil yakunlari boʼyicha va bankning rivojlantirish strategiyasi toʼgʼrisidagi hisobotini hamda bankning 2021 yildagi ustuvor vazifalarini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2020 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini, jumladan buxgalterlik balansini, foyda va zararlari toʼgʼrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2020 yil faoliyati yakuni boʼyicha sof foydasini taqsimlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining korporativ boshqaruv tizimini baholash yakunlari boʼyicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash va/yoki qayta saylash.
- “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga oʼzgartishlar va qoʼshimchalar kiritish.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Kuzatuv kengashi toʼgʼrisida”gi, “Kuzatuv kengashi aʼzolariga haq toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi va “Boshqaruvi toʼgʼrisida”gi nizomlariga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar kiritish.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kundalik xoʼjalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank tomonidan mustaqil amalga oshirishi uchun aktsiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʼilishigacha boʼlgan davrda tuzilishi mumkin boʼlgan (kutilayotgan) bitimlarni aniqlash va maʼqullash.
“Mikrokreditbank” АTB Kuzatuv kengashining 2021- yil 7- iyun kungi majlisi qaroriga asosan, aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar reestri 2021- yil 24- iyun kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar reestri 2021- yil 7- iyun kuni holatiga tuziladi.
Аksiyadorlarni roʼyxatga olish 2021- yil 30- iyun kuni soat
09:00 dan 09:50 gacha davom etadi.
Аksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.
Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferents-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ
veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
Tel: 998 (71) 202-99-99 (1192)
Bank Kuzatuv kengashi