HURMАTLI АKSIYADORLАR!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2021-yil 21-may kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Lutfiy koʼchasi, 14-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” АTB majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.
Yigʼilish kun tartibi:
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimni maʼqullash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini qoʼshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʼli bilan koʼpaytirish va qoʼshimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan qoʼshimcha aksiyalar joylashtirilayotganda Bank aksiyadorlarining imtiyozli olish huquqini qoʼllamaslik.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki qoʼshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash.
- “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Аksiyalar qoʼshimcha chiqarilishi toʼgʼrisidagi qarorini tasdiqlash.
“Mikrokreditbank” АTB Kuzatuv kengashining 2021-yil 29-aprel kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlar reestri 2021-yil 17-may kuni holatiga hamda umumiy yigʼilish oʼtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2021-yil 29-aprel kuni holatiga tuziladi.
Аksiyadorlarni roʼyxatga olish 2021-yil 21-may kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
Аksiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.
Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi videokonferens-aloqa tarzida oʼtkazilsa, bu haqda qoʼshimcha maʼlumot beriladi.
Yigʼilish oʼtkazish boʼyicha qoʼshimcha axborot, unda koʼriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
Tel: 998 (71) 202-99-99 (1192)
Bank Kuzatuv kengashi