Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Samarqandlik bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratildi

...
Янгилаш: ...
Image
Samarqandlik bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mutasaddi idoralar hamkorligida tadbirkor va endigina hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarimizning biznes g‘oyalarini hayotga tadbiq etish va biznes rejalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi hamda mamlakatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini amalga tadbiq etish doirasida Markaziy bankning Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda tijorat banklarining viloyatdagi filiallari tomonidan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun tijorat banklari kreditlaridan foydalanishlari bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlarni yana bir bor ommalashtirishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar viloyatning Payariq va Paxtachi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Qayd etildiki, tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti joylarda fuqarolarning o‘z biznesini tashkil etish va rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini keskin orttirmoqda.

Aniq raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida Samarqand viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobar ortib, 289,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ta’kidlandiki, yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, ularga imtiyozli mikrokreditlar ajratishni kengaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ayni vaqtda o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda.

Xususan, viloyatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadlari uchun joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 11,8 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi, natijada 2 533 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirgi paytda mikrokreditlar tufayli ish boshlagan 2 509 nafar bitiruvchining 1 374 nafarini qizlar tashkil etadi.

Payarik tumanida bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda 400 ga yaqin yosh tadbirkorlarga 2,2 mlrd so‘mlik, Paxtachi tumanida esa 200 ga yaqin 900,0 mln so‘mlik kreditlar ajratilishi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.



Яна кўринг

23 май 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 март 2022

Микрокредитбанк кредитлари кўмагида 5 мингга яқин хотин-қизлар “Аёллар дафтари”дан чиқарилди

Оилавий тадбиркорликка ажратилган 2 трлн. 48 млрд.сўм имтиёзли кредитларнинг 41 фоизи 38 минг нафар хотин-қизларга йўналтирилди.
15 феврал 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X