Keyingi yillarda yurtdoshlarimiz farovonligini yanada oshirish, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar turmush tarzi yaxshilanishiga ko‘maklashish maqsadida – tijorat banklari tomonidan kam foizli kreditlar ajratilib, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilayotgani hech kimga sir emas.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus esa bu boradagi xayrli ishlar ko‘lamini yanada kengaytirib yubordi.
Davlat rahbarining ana shu beshta tashabbusini qo‘llab-quvvatlash doirasida kuni kecha Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida keng miqyosdagi tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ham faol qatnashib, hududdagi aholi talablariga ko‘ra, imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratdi.
Ushbu tashabbus respublikamizning boshqa tumanlarida ham davom etadi.