Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Oilаviy tаdbirkorlik qoʼllаb-quvvаtlаnmoqdа

...
Янгилаш: ...
Image
Oilаviy tаdbirkorlik qoʼllаb-quvvаtlаnmoqdа

Maʼlumki, soʼnggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash va qoʼshimcha daromad manbaiga ega boʼlishiga koʼmaklashish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqalardan unumli foydalangan holda qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bogʼliq loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirish dolzarb masalalardan biridir.

Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarorining qabul qilinishi respublika hududlarida aholining daromad topishiga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʼullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama koʼmaklashish va mazkur yoʼnalishdagi ishlarni tizimli tashkil etishda muhim ahamiyatga ega boʼldi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va samarali tarzda taʼminlash maqsadida “Mikrokreditbank” АTB va Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi oʼrtasida tuzilgan bitimga muvofiq daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʼullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi va tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirilishi uchun uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalarda kreditlar ajratib kelinmoqda.

Xususan, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida respublika boʼyicha 2019-yil mobaynida jami 32 553 ta loyihaga 649,7 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilgan boʼlsa, shu yilning oʼzida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 876 mlrd. soʼmdan ortiq mablagʼlar imtiyozli foizlarda ajratiladi. Natijada yurtimizda 8300 ta yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishiladi.

Fargʼona viloyatidagi aholi uchun bejirim mebel jihozlari ishlab chiqarish bilan shugʼullanadigan "Gavhar Mebel" korxonasi faoliyatini kengaytirish uchun qoʼshimcha mablagʼga ehtiyoj sezayotgan edi.

– Yaqinda “Mikrokreditbank”dan 100 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari olib, korxonamiz uchun zarur xomashyo mahsulotlarini sotib oldik, – deydi oilaviy korxona rahbari, tadbirkor Dilshod Karimov. – Natijada, qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratib, tadbirkorlik faoliyatimizni rivojlantirdik. Kelgusida mazkur ishlar koʼlamini kengaytirib, qoʼshni viloyatlar bozorlariga ham mahsulotlarimizni chiqarmoqchimiz.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tikuvchilik bilan shugʼullanadigan fuqaro Fazilat Jumayevaga “Mikrokreditbank” tomonidan 25 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratildi. Natijada, F.Jumaeva faoliyatida zarur boʼladigan tikuv uskunalarini xarid qildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish masalalariga bagʼishlangan Prezident qarori bugungi kunda “Mikrokreditbank” faoliyati uchun asos boʼlib xizmat qilmoqda. Joriy yil davomida bu boradagi ishlar koʼlamini yanada kengaytirib, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda koʼplab yangi ish oʼrinlari yaratilishiga hissa qoʼshish maqsad qilingan. Zero, “Mikrokreditbank”ning asosiy maqsadi ham – har bir oilani tadbirkor qilishga qaratilgan.

Bank axborot xizmati



Яна кўринг

23 май 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 март 2022

Микрокредитбанк кредитлари кўмагида 5 мингга яқин хотин-қизлар “Аёллар дафтари”дан чиқарилди

Оилавий тадбиркорликка ажратилган 2 трлн. 48 млрд.сўм имтиёзли кредитларнинг 41 фоизи 38 минг нафар хотин-қизларга йўналтирилди.
15 феврал 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X