Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Quyonchilik sohasi: islohotlar va kelgusi rejalar

...
Янгилаш: ...
Image
Quyonchilik sohasi: islohotlar va kelgusi rejalar

Bugungi kunda quyonchilik iqtisodiyotimiz rivojiga oʼzining salmoqli hissasini qoʼsha oladigan istiqbolli sohalardan biri deya eʼtirof etilmoqda. Maʼlumki, Mikrokreditbank mazkur soha taraqqiyotiga hissa qoʼshish maqsadida tizim tarkibiga biriktirilgan va hozirga qadar quyonchilik sohasida bir qator ishlar qilinib, joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʼlgan aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Shu jumladan, 2017-2020-yillar davomida respublika boʼyicha tashkil qilingan quyonchilik xoʼjaliklariga xorijdan jami 4 570 bosh naslli quyonlar keltirilgan.

Taʼkidlash lozimki, oʼtgan davrda bank tomonidan quyonchilik sohasini moliyalashtirish uchun jami 76,9 mlrd soʼm miqdorida kreditlar ajratilgan. Natijada, bugungi kunga kelib, ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga quyonlar soni soʼnggi uch yilda qariyb sakkiz marta oʼsib, 2019-yil davomida 583 ming bosh quyon yetishtirildi. Shu bilan birga, quyonchilik sohasida faoliyat olib boruvchi 2 147 nafar fuqaro ish oʼrinlari bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, 2020-yil birinchi choragida 5 ta yirik quyonchilik xoʼjaliklariga 5,5 mlrd soʼm kreditlar ajratilib, 17 ming bosh nasl beruvchi ona quyon boqish quvvatlari yaratildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktyabrdagi 47-sonli majlis bayoniga koʼra, mamlakatda yetishtiriladigan yillik quyonlar sonini 2020-yilda uch mln boshga yetkazish vazifasi topshirilgan.

Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, bank tomonidan umumiy yillik quvvati uch mln bosh quyon yetishtirishga 151 ta loyiha manzilli roʼyxati shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun zarur boʼlgan 177 mlrd soʼm mablagʼlar manbaasi belgilangan.

Jumladan, soha rivojini ilmiy yondashuv asosida va zamonaviy shaklda tashkil etish hisobiga yillik quvvati 1 350 ming bosh quyon yetishtirish imkonini beruvchi 5 ta yirik quyonchilik klasterlari tashkil etiladi.

Mazkur klasterlarga bank tomonidan 145,4 mlrd soʼm kreditlar ajratilib, shundan toʼrtta quyonchilik klasteri joriy yilning 1-oktyabriga qadar va bittasi 1-dekabrga qadar ishga tushiriladi.

Аmalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yil yakuniga qadar aholi va quyonchilik xoʼjaliklarida qoʼshimcha ravishda 2,5 mln bosh quyon yetishtirish infrastrukturasi yaratilib, sohada 5 943 nafar aholi bandligi taʼminlanadi.

Natijada yil yakuniga qadar bank tomonidan moliyalashtiriladigan jami loyihalar hisobiga sakkiz mingdan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.

Mazkur loyihalar hamda chora-tadbirlar izchil davom ettirib borilishi soha rivojining asosiy mezoni boʼlib xizmat qiladi. Zero, sarmoya kiritilgan va istiqbolli loyihalar asosida ish olib boradigan tizimning kelajagi yuksak marralarni zabt etishdir.



Яна кўринг

23 май 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 март 2022

Микрокредитбанк кредитлари кўмагида 5 мингга яқин хотин-қизлар “Аёллар дафтари”дан чиқарилди

Оилавий тадбиркорликка ажратилган 2 трлн. 48 млрд.сўм имтиёзли кредитларнинг 41 фоизи 38 минг нафар хотин-қизларга йўналтирилди.
15 феврал 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X