Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

"Mikrokreditbank" moliyalashtirgan korxona eksportbop issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarmoqda

...
Янгилаш: ...
Image
"Mikrokreditbank" moliyalashtirgan korxona eksportbop issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarmoqda

Bugungi jahon xoʼjaligiga integrallashuv jarayonlarida import oʼrnini bosish siyosatini amalga oshirish har qanday mamlakat uchun iqtisodiy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning majburiy chorasiga aylanib bormoqda. Zero, bu siyosatni toʼgʼri va samarali yoʼlga qoʼyish mamlakatning importga bogʼliqlik darajasini kamaytirib, iqtisodiy barqarorlikka erishish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Bugungi kunda “Mikrokreditbank” АTB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar ulushida import oʼrnini bosuvchi va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishga moʼljallangan loyihalar salmogʼi oshib bormoqda.

Xususan, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan “Agrocon Greenhouse System Xorazm” MChJ shaklidagi qoʼshma korxonasining yiliga 150 gektar maydonga zamonaviy tipdagi issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarish va 3000 tonna qurilishda foydalaniladigan metal mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihasi 2020-yilning 2-choragida moliyalashtirilgan edi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 7,0 mln. АQSh dollari boʼlib, 3,5 mln. АQSh dollari “Mikrokreditbank” АTB xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilgan boʼlsa, 3,5 mln. АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar korxonaning turkiyalik investori mablagʼlari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Buxoro va Xorazm viloyatida tashkil etilgan issiqxona kompleksi tashabbuskorlari mazkur zamonaviy issiqxona konstruksiyalari xorijiy korxonalardan chet el valyutasida import hisobiga olib kelinayotgan konstruksiyalardanda sifatli ekanligini hamda ushbu mahsulotlarni korxonadan milliy valyutada sotib olish afzalliklarini eʼtirof etishdi.

“Agrocon Greenhouse System Xorazm” MChJ shaklidagi qoʼshma korxonasi tomonidan mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida import oʼrnini bosuvchi zamonaviy tipdagi issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarish bilan birga, eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqarilishiga ham erishilmoqda.

Quvonarlisi, korxona 2021-yilning oʼtgan davri mobaynida qoʼshni Tojikiston Respublikasiga zamonaviy tipdagi issiqxona kompleks uskunalari yetkazib berish boʼyicha rasmiylashtirilgan umumiy qiymati 1,6 mln АQSh dollari miqdoridagi shartnomalar boʼyicha oʼtkazilgan mablagʼlar hisobiga dastlabki mahsulotlarni joʼnatishga erishdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan aholi tomorqasidan samarali foydalanish, ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash har tomonlama qoʼllab-quvvatlanayotgan davrda “Agrocon Greenhouse System Xorazm” MChJ shaklidagi qoʼshma korxonasi tomonidan aholi tomorqasi va dehqon xoʼjaliklari uchun ixcham va energotejamkor issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarilayotganligi loyihaning bugungi kundagi afzalliklaridan biri hisoblanadi.

Otabek ORTIQOV,
“Mikrokreditbank” АTB
Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish departamenti
boʼlim boshligʼi



Яна кўринг

23 май 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 март 2022

Микрокредитбанк кредитлари кўмагида 5 мингга яқин хотин-қизлар “Аёллар дафтари”дан чиқарилди

Оилавий тадбиркорликка ажратилган 2 трлн. 48 млрд.сўм имтиёзли кредитларнинг 41 фоизи 38 минг нафар хотин-қизларга йўналтирилди.
15 феврал 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X