“Mikrokreditbank” sovg`alarga boy bo`lgan yangi aksiyani e’lon qiladi! Endi maxsus aksiyamizda ishtirok etib, NFS yordamida ishlaydigan, to`lovlar amalga oshirish uchun qulay bo`lgan “aqlli” brasletni yoki maxsus stikerlardan birini qo`lga kiritishingiz mumkin.

Buning uchun “Mikrokreditbank” ATBning “HUMO” plastik kartochkasini rasmiylashtirish yoki mavjud “HUMO” kartangiz orqali to`lov terminallaridan ikki million so`mdan ortiq to`lovlarni amalga oshirishning o’zi kifoya.

Aksiya muddati 2019-yilning 1-dekabridan 2020-yilning 1-fevraliga qadar davom etadi. Aksiya g`oliblari tanlov asosida tanlanadi hamda ajoyib esdalik sovg`alar topshiriladi!
“Mikrokreditbank” bilan o`zingiz va yaqinlaringizga quvonch ulashing!

Bank axborot xizmati