O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni arafasida va HUMO to‘lov tizimi tarmog‘ida UnionPay kartalarini qabul qilish ishga tushganligi munosabati bilan UnionPay International jamoasi sizni HUMO terminallarida xaridlarni amalga oshiruvchi UnionPay kartalari egalari uchun tashkil etilgan «UnionPay HUMO orqali Sovg‘alar mavsumi» aksiyasi boshlanganligi haqida xabardor qilishdan mamnun.

«UnionPay HUMO orqali Sovg‘alar mavsumi» aksiyasi shartlari:

KORZINKA.UZ, MAKRO, HAVAS do‘konlari va «UZBEKNEFTGAZ» AYOQSH tarmog‘ida xaridlaringiz uchun to‘lovlarni HUMO terminali orqali UnionPay kartasi bilan amalga oshiring va 2021-yil 3-avgustdan 2022-yil 5-fevralga qadar har hafta qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Sovrinlar:

  • MacBook 13 M1
  •  iPhone 12
  •  MI elektr samokati
  •  Apple Watch SE

Ishtirok etish uchun UnionPay kartasi bilan HUMO terminali orqali 50 000 so‘m va undan ortiqroq miqdorda to‘lovni amalga oshiring va to‘lov chekini @UPIPROMOBOT Telegram-bot’iga yuklang. Hafta mobaynida qancha ko‘p chek yuklasangiz, sovrin egasi bo‘lish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Aksiya o‘tkazilish davri: 2021-yil 3-avgustdan 2022-yil 5-fevralga qadar.

Batafsil ma’lumot va yangiliklar bilan aksiyaning rasmiy manbalarida tanishishingiz mumkin.
Aksiya veb-sayti: upi-promo.uz;
Instagram’dagi rasmiy sahifa @upipromo
Rasmiy Telegram-bot @upipromobot

Aksiyada O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan UnionPay kartalarining barcha egalari qatnashishlari mumkin.