2022-yil 12-may kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB kredit reytingini «BB-», “Barqaror”, mamlakat suveren reytingi darajasida baholadi.
Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.
Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi.
Ta’kidlash joiz, “Mikrokreditbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, quyonchilik, hunarmandchilik, va qishloq xujaligi kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “Mikrokreditbank” ATB investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “Mikrokreditbank” ATB faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi.