Joriy yilning 22-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Mikrokreditbank” АTB Аndijon viloyati “Baliqchi” bank xizmatlari markazi tomonidan berilgan kafolat xati boʼyicha oʼttiz millionlik pulni naqdlashtirib berilishi kerakligi aks etgan iltimosnoma eʼlon qilindi.
Oʼrganish jarayonida fuqaro Аsqarali Turdalievga 22 mln 600 ming (yigirma ikki million olti yuz ming) soʼm pul mablagʼlari yetarliligi bois, bank va fuqaro oʼrtasida shartnoma tuzildi. Ushbu shartnomaga asosan 23-iyun kuni Аsqarali Turdalievga zarur dastgohlarni sotib olish uchun YaTT Nargizaxon Roʼzieva bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan kredit mablagʼi pul koʼchirish yoʼli orqali ajratib berildi.
Mijoz eʼtirozi yoʼqligini maʼlum qildi.