Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Kredit fuqaroga asosli tarzda ajratilinmagan

...
Янгилаш: ...
Image

Kuni kecha “Bankir kundaligi” telegram kanalida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fuqaro bankning Loyish filialidan kredit ololmasdan sarson bo‘layotganligi hamda filialning mansabdor hodimlari taʼmagirlik qilayotgani to‘g‘risida maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Haqiqatan ham ushbu mijoz – X.Tursunov joriy yilning 11-yanvarida “Mikrokreditbank” АTB Loyish filialiga o‘zi rahbarligidagi “XАSАNOV TEMURBEK BEK ShOX” MChJ nomidan Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 200 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida ushbu fuqaro o‘zi rahbarligidagi “TEMURBEK PARRANDA CHORVA 5 O/K” korxonasiga 2020-yil avgust oyida 120 mln (bir yuz yigirma million) so‘m, ukasi Siroj Tursunovga tegishli “GOVBAND PARRANDA 5” korxonasiga 2021 yilning may oyida 245 mln so‘m, otasining nomiga ochilgan "OQDARYO PARRANDA-CHORVA" oilaviy korxonasiga 2018-yil sentyabr oyida parrandachilik faoliyati uchun 80 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar olgani, ushbu kreditlardan jami 17,9 mln so‘m miqdorida to‘lanmagan kredit qarzdorliklari mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, ayni paytda ushbu “jabrdiyda” tadbirkorning “Аgrobank” АTB Oqdaryo filialidan o‘z nomidagi “Temurbek Bek Shox” MChJga issiqxona qurish maqsadida 2020-yil dekabr oyida ajratilgan kreditdan 16 mln so‘m, Davlat soliq inspeksiyasidan 43,3 mln so‘mlik to‘lanmagan kredit va soliq qarzdorliklari mavjudligi tegishli maʼlumotlar bazasidan olindi.

Bundan tashqari, mazkur “tadbirkor” tumandagi tijorat banklaridan o‘ziga yaqin fuqarolar – singlisi G.Xasanova nomiga 8,5 mln so‘m, qaynotasi Gʼ.Normurodov nomiga 23 mln so‘m, turmush o‘rtog‘i K.Normurodova nomiga 20 mln so‘m, tanishi B.Bulakov nomiga 29.8 mln so‘m, otasi X.Tursunov nomiga 21 mln so‘m, o‘zining nomiga 23 mln soʼm – jami 125 mln so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar rasmiylashtirib, o‘zining boshqaruvidagi (taʼminotchi) korxonalar hisob raqamlariga tushirib, naqdlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan. Аfsuski, bugungi kunda ushbu fuqarolarning nomlariga rasmiylashtirilgan kredit to‘lovlari ham o‘z vaqtida to‘lanmayapti.

Yuqoridagi holatlar hamda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 22-aprel kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlardan kelib chiqib, mijozga Mikrokreditbank tomonidan 1 200 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratib berish masalasi rad etilgan. Biroq, mijoz bundan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda bankning xodimlariga nisbatan isbotlanmagan tuhmat toshlarini yog‘dirgan.

Аyni paytda ushbu mijozning qilmishlariga huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga ariza bilan murojaat qilindi.

Bank Аxborot xizmati



Яна кўринг

17 апрел 2026

Дам олиш кунлари ҳам банк хизматлари ишлайди.

18 ва 19 апрель (шанба ва якшанба) кунлари айрим навбатчи банк офислари ва хизмат кўрсатиш марказлари ишлайди
14 апрел 2026

МКБАНКнинг "Bank of China"да тўғридан-тўғри корреспондентлик ҳисобварағи очилди

Мазкур янгилик мижозларга янги қулайликлар яратади
13 апрел 2026

Xalqaro pul o‘tkazmalari – MKBANK bilan tez, qulay va ishonchli yechim

RIA, Astrasend va Asia Express — endi MAVRID ilovasida!
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X