Mobil aloqa vositalari, texnika, texnologiyalar rivojlangani sari plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Biroq, ayrim firibgarlar insonlarning soddaliklaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda. Shu sababli sizlarni hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.
O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz:
- O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
- Tekshirish uchun kelgan SMS-tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
- Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang;
- Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.
Bank xodimi karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.
Shuningdek, agarda biror shubhali saytdan to‘lov qilishingiz haqida xabarnoma kelsa – unday elektron manzillarni ochmang va hech qanday to‘lovlarni amalga oshirmang.