
“Mikrokreditbank” ATB Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens-nazorat) departamenti direktori lavozimiga tanlov e’lon qilgan edi.
Ushbu tanlovda 50dan ortiq nomzod orasidan malaka talablariga javob beruvchi 7 nomzod ikkinchi bosqichga o'tkazilgan va ular o'rtasida test sinovlari tashkillashtirilgan.
Endilikda ikkinchi bosqichda qatnashgan nomzodlar orasidan 3 nafari saralanib, keyingi bosqichga o'tkazildi.
Uchinchi bosqichda nomzodlarning bilim va salohiyatini tekshirish maqsadida suhbat o’tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlovda ishtirok etgan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.