Koʼchat ekib, bogʼ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʼtgan milliy qadriyatlaridir. Аna shunday ezgu ishlar davomiyligini taʼminlash yoʼlida “Mikrokreditbank” АTB tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kabi ishlardan biri, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Mikrokreditbank”ka biriktirilgan Chilonzor tuman mahallalarida olib borilayotgan obodonchilik amallaridir.

Jumladan, ushbu mahallalarda dastur doirasida jami 18 859 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi, shundan 10 125 tupi Mikrokreditbank tomonidan ekilgan daraxtlar boʼlib, ulardan 600 tupi olma, 225 tupi uzum, 4 800 ta terak, 950 tup manzarali hamda 3 550 tup boshqa mevali daraxtlar hisoblanadi.

Darhaqiqat, bugun mahallaning obodligi, goʼzalligi va koʼrkamligi uchun jon koyitish har bir kishining muqaddas burchiga aylanib borayotganini yaxshi anglagan “Mikrokreditbank”АTB jamoasi bu kabi ishlarni tizimli davom ettiradi.

Bundan tashqari, mazkur ekilgan mevali va manzarali koʼchatlarni mahalla raislari, biriktirilgan vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda parvarishlash ishlari samarali ravishda tashkil etiladi.

Unutmaylik, yurtimiz mahallalarining obod va koʼrkam boʼlishi aholining hamjihatligi, oʼzaro mehr-oqibatiga bevosita bogʼliq. Zero, ahillik bor joyda osoyishtalik, obodlik, xotirjamlik boʼladi.