Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Fargʼonaga press-tur tashkil etildi

198
Янгилаш: 28 июл 2022, 09:23
Image
Fargʼonaga press-tur tashkil etildi

“Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda oʼzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʼlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur saʼy-harakatlar koʼlamini kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” АTB tomonidan moliyalashtirilgan Fargʼona viloyatining Fargʼona shahridagi “Afrosiyobfarm” MChJga hamda Qoʼqon shahridagi “KOKAND BICYCLES” MChJga bir guruh respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida ishtirokchilar farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, Velosipedlar ishlab chiqarish texnikasi qanday boʼlishi bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. Jumladan, jurnalistlarning birinchi manzili – Fargʼona shahridagi “Afrosiyobfarm” MChJ farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona boʼldi.

“Afrosiyobfarm” MChJ haqida maʼlumot

“Afrosiyobfarm” MChJ farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish boʼyicha umumiy qiymati 1,4 mln. АQSh dollari boʼlgan loyiha hisoblanadi. Unga “Mikrokreditbank” АTB tomonidan farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy uskunlar sotib olish uchun 60 oy muddatga 12 oy imtiyozli davr bilan 1 000 000,0 АQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan.

“Afrosiyobfarm” MChJda bugungi kunda kredit hisobiga sotib olingan farmatsevtika va antiseptik mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari toʼliq olib kelib, oʼrnatilgan va antiseptik vositalar ishlab chiqarish boshlangan.

Hozirda korxonada 22 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilayotgan boʼlsa, korxona toʼliq quvvat bilan ishlaganda yangi ish oʼrinlar soni 40 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

“Afrosiyobfarm” MChJning mazkur loyihasi ishga tushirilishi natijasida meditsina spirti, yod, brilliant koʼki (zelyonka), pereks, menavazilin, glitsirin kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyiladi.

Mazkur loyihaga koʼra, yiliga 13 200 000 dona farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarib, sotish natijasida 1 993 736,84 АKSh dollari tushumga ega boʼladi.

“KOKAND BICYCLES” MChJ haqida maʼlumot

“KOKAND BICYCLES” MChJga velosipedlar ishlab chiqarishga extiyot qismlari sotib olish uchun “Mikrokreditbank” АTB tomonidan 36 oy muddatga 12 oy imtiyozli davr bilan 870 000,0 YeVRO miqdorida kredit ajratilgan.

Bugungi kunda “KOKAND BICYCLES” MChJda motorsiz velosipedlar va boshqa shu kabi transport vositalari, jumladan uch gʼildirakli velosipedlar, tandemlar, bolalar velosipedlarini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan.

Korxona 2020 yilning 1 iyunidan boshlab ishga tushirilgan. Loyiha quvvatinin oshib borishiga qarab 3 yilda ishlab chiqarishdan jami 7,5 mln. YeVRO tushum, shundan 1,8 mln. YeVRO sof foyda olish rejalashtirgan.

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan joriy yil boshidan beri tadbirkorlik subʼektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 121 ta loyihaga 890 mlrd soʼm ekvivalentida mablagʼlar ajratildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar bank tomonidan istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Bank axborot xizmati



Яна кўринг

16 январ 2026

Банк раҳбарияти Бухоро вилоятида аҳоли ҳамда тадбиркорлар билан учрашув ўтказди

Микрокредитбанк раҳбарияти иштирокидаги бу каби тадбирлар бошқа ҳудудларда ҳам давом эттмоқда

16 январ 2026

Бизнесингизни “Келажакка Қадам” билан ривожлантиринг!

Бугунги ҳар бир қадам эртанги муваффақиятингизни белгилайди
15 январ 2026

Йил Акцияси: Совғалар сизни кутмоқда!

Янги iPhone, Samsung флагмани ёки ҳатто BYD автомобили — сизники бўлиши мумкин!

Сўров

Ишонч телефони хизмат кўрсатиш сифатини баҳоланг
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X