Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

...
Янгилаш: ...
Image
Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar 
(Mahalla bankiri faoliyati misolida)

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish va kambagʻallikni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bu borada Prezidentimizning 2024-yil 16-dekabrdagi videoselektor yigʻilishida banklar oldiga bir qator vazifalar qoʻyildi. Ushbu topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida Mikrokreditbank tomonidan maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. 

Bugun sizlarga ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan asosiy ishlar haqida qisqacha maʼlumot bermoqchimiz.  

Birinchi yoʻnalish – mahallabay ishlash tizimi 

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqdan soʻng, bank tarkibida maxsus departament, hududlarda “mahalla sektori” tashkil etildi. 1 121 ta mahallaga 332 nafar “mahalla bankiri” va har bir mahallarda yordamchi agent biriktirildi. Ular orqali aholi ehtiyojlarini oʻrganish va maqsadli moliyaviy xizmatlarni yetkazish tizimi yoʻlga qoʻyildi. 

Ikkinchi yoʻnalish – kreditlash orqali faol qoʻllab-quvvatlash

Joriy yilning oʻtgan davrida bank tomonidan jami 5 trln soʻmdan ortiq kredit ajratildi. Eʼtiborlisi, ushbu mablagʻning 2,1 trln soʻmi bevosita mahallalarga biriktirilgan “Mahalla bankirlari” tomonidan aholi va tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazildi. “Oilaviy tadbirkorlik”, “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla loyihasi” kabi dasturlar bu jarayonning asosiy tayanchiga aylandi. 

Uchinchi muhim yoʻnalish – ish oʻrinlari yaratish 

Bu borada yanvar-iyun oylarida bank koʻmagida qariyib 183 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi, shundan 119 ming nafari tadbirkorlikka jalb etildi. Xususan, 26 mingdan ortiq mikroloyiha amalga oshirilishi natijasida 53 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Toʻrtinchi yoʻnalish – bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar 

Hisobot davrida bank mijozi boʻlgan 23 ming nafar tadbirkor bilan 1 637 marotaba uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlarning 7,5 mingdan ortigʻi ijobiy hal qilinishi natijasida 8,5 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.   

Keyingi yoʻnalish – turizmni rivojlanitirish

May oyida foydalanishga topshirilgan Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmualarida bank tomonidan mehmonxona, savdo majmualari barpo etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida pudratchi korxonalar jalb etilib, 185 mlrd soʻm investitsiya kirtildi. 

Bugungi kunda “Arda Xiva” loyihasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilib,  foydalanishga topshirildi, natijada 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. 

Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qaroriga asosan, Xiva shahridagi “Toʻrt Shovvoz” madaniy meros obyektiga tutash 6,2 gektar yer maydonida Hunarmandlar markazini barpo etish belgilangan. Mazkur loyihani moliyalashtirish maqsadida “MKB Kasana Invest Group” MCHJ ustav kapitaliga yana 435 mlrd. soʻm investitsiya kiritish belgilangan. 

Yana bir yoʻnalish – namunaviy loyihalar 

Ta’kidlash kerakki, aholiga ijaraga berilgan 1 741 gektar yerda “Bir kontur – bir mahsulot” asosida dehqonchilik uchun 159 ta loyihaga 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar orqali yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Shuningdek, “Super loyiha”lar doirasida “yetishtirish – qayta ishlash – sotish” zanjiri yaratildi. 

Albatta, ushbu loyihalar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi ortib, aholi daromadi yaxshilanishi kutilmoqda.  

Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, Mikrokreditbank tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur ishlar aholining faol iqtisodiy hayotga jalb etilishi, daromad manbalarini kengaytirish, bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. 

Bank Axborot xizmati



Яна кўринг

10 март 2026

Коррупциясиз банк: МКБАНКда навбатдаги ўқув семинари ташкил этилди

Семинар давомида ходимлар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олиш билан бирга, бу иллатга биргаликда курашиш лозимлигини билдиришди.

7 март 2026

МКБАНК ходими “МЎЪТАБАР АЁЛ” кўкрак нишони билан тақдирланди!

Бу юксак эътироф — нафақат унинг шахсий ютуғи, балки бутун жамоамиз меҳнатига берилган эътибор намунасидир.
6 март 2026

МКБАНКда байрам шукуҳи

Байрам муборак бўлсин!
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X