Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

MKBANKda “Career Event 2026” bo‘lib o‘tdi

...
Янгилаш: ...
Image
MKBANKda “Career Event 2026” bo‘lib o‘tdi

2026-yil 9-iyun kuni poytaxtdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida MKBANK tomonidan “Career Event 2026” tadbiri tashkil etildi. Ochiq eshiklar kuni formatida o‘tkazilgan mazkur tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda bank va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, talabalar, bitiruvchilar hamda bank sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

“Career Event 2026” doirasida MKBANK va bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan, MDIS in Tashkent, Qo‘qon davlat universiteti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Yangi O‘zbekiston universiteti, Webster universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

C8423.00_03_13_02.Still007.jpg

C8423.00_05_14_31.Still016.jpg

C8423.00_05_46_19.Still017.jpg

DSC02811.jpg

Mazkur memorandumlar talabalar uchun amaliyot dasturlarini kengaytirish, ta’lim jarayonini amaliy tajriba bilan boyitish, istiqbolli yoshlarni bank tizimiga jalb etish hamda bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida talabalar va bitiruvchilar MKBANKning faoliyati, bank tizimidagi zamonaviy kasblar hamda mavjud vakansiyalar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, ular bankning tajribali mutaxassislari va rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda karyera rivoji bo‘yicha tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirning muhim jihatlaridan biri yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis sifatida shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarning muhokama qilinganidir. Bu esa ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

DSC02897.jpg

 MKBANK yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettiradi. Bank kelgusida ham ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni kengaytirib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratadi. 

Bank Axborot xizmati



Яна кўринг

11 июн 2026

Ўзбекистондаги илк "Миллий" кредит картаси — энди МКБАНКда!

25 июндан бошлаб барча МКБАНК офисларида.
9 июн 2026

Сукут сақламанг, ишонч йўқолади!

Коррупцияга қарши кураш фақат жазо эмас. Бу ҳар бир инсоннинг шахсий танловидир!

8 июн 2026

Катта ишонч — катта натижа!

Fitch Ratings "Микрокредитбанк" рейтинг прогнозини "Барқарор"дан "Ижобий"га оширди
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X