
Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Xorazm viloyati Xiva shahar hokimligi binosida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikrom Djumaniyozov va boshqa mas’ullar ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning g'oya va rejalari hamda yangi loyihalarni amalga oshirishdagi jarayonlar xususida so'z yuritildi.
25 nafar tadbirkor ishtirok etgan uchrashuvda bank xizmatlari va ajratilayotgan kreditlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning tashabbuskor loyihalari o‘rganib chiqildi, mas’ullarga loyiha bo‘yicha kredit ajratish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar bank tomonidan tadbirkorlar bilan muntazam muloqot qilish, ularning takliflarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarning bir qismi sifatida davom etadi.
Bank Axborot xizmati