Шрифт ўлчами:
A A A
Масштаб:
A A A A
Ранг: C C
Расмлар: Ёқиш Ўчириш
Сайтнинг тўлиқ версияси
МЕНИНГ БАНКИМ
Mavrid

Banklar yoshlarning biznes g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda

298
Янгилаш: 28 июл 2022, 09:34
Image
Banklar yoshlarning biznes g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda

Toshkentdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o‘tkazilgan yosh tadbirkorlar mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida Markaziy bank tashabbusi bilan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini bank tizimidagi ijrosi” mavzuida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bir qator vazirlik va idoralar, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YoIH, O‘zbekiston fermerlar kengashi, “Hunarmand” hamda “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmalari, tijorat banklari, 800 ga yaqin yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanishida yoshlarning salmoqli hissasi bor. Yosh tadbirkorlarga bank tizimi tomonidan bo‘lgan e’tibor tufayli ular tomonidan yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlik qobiliyati ochilishining muhim omiliga aylanib bormoqda.

Xususan, tijorat banklari yosh avlod vakillarini tadbirkorlik qobiliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, istiqbolli loyihalarini o‘z vaqtida moliyalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Bunda Markaziy bank rahbarligida tijorat banklari tomonidan O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, biznes rejalarini ro‘yobga chiqarish, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ijobiy samara bermoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2010-2013 yillarda tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 222,3 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Joriy yilning 10 oyi davomida tijorat banklari tomonidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foiz ko‘p, ya’ni 180,1 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi.

Ta’kidlash joizki, tijorat banklari kollej bitiruvchilarining loyihalarini moliyalashtirishda rag‘batlantiruvchi omillar bilan bir qatorda qulayliklar ham yaratgan. Masalan, banklarda mikrokredit olish uchun ta’minoti etarli bo‘lmagan taqdirda, ta’lim muassasi bitiruvchisi yaqin qarindoshlarining (ota-ona, aka-uka, opa-singil) ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish orqali kafillik berish amaliyoti joriy etilgan.

Har bir tijorat bankining internet saytida talabalarga kreditlar ajratish shartlari, berilgan imtiyozlar va ularni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish maqsadida namunali biznes-rejalar to‘plami elektron shaklda har bir bankning internet saytiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, hozirgi paytda respublikamizdagi har bir kasb-hunar kollejiga tijorat banklarining mas’ul xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular kollej bitiruvchilari bilan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, bank xizmatlari ko‘rsatish, kreditlar ajratish tartiblarini tushuntirish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazib bormoqda.

Markaziy bank tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar mamlakatimizning chekka hududlarida joylashgan kasb-hunar kollejlarida bo‘lib o‘tmoqda. Ularda tadbirkorlikka keng jalb etish, tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyatlari, shuningdek tijorat banklaridan kreditlar olish tartiblari va boshqa xizmatlar, bu borada yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berib boriladi. Utkazilayotgan amaliy uchrashuvlarda eng yaxshi deb topilgan biznes-rejalarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi maxsus sertifikatlar taqdim etish choralari ko‘riladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining loyihalarini moliyalashtirish hajmi o‘rtacha 2 baravar ortib bormoqda. Bundan tashqari, joriy yilning 10 oyi davomida 19212 talabaga jami 65,1 mlrd. so‘m miqdorida ta’lim kreditlar ajratildi.

Yoshlarning maishiy hayotini yaxshilash, turmush farovonligini oshirish ham banklar e’tiborida qolmoqda. Yangi oila qurgan minglab yoshlar o‘zlarining to‘y marosimlarini o‘tkazishda banklarning kreditidan foydalangan. Hozirgi kunda banklar mablag‘i hisobiga barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida 2308 xonadonli 50 ta uy-joy qurilishi davom ettirilmoqda.

Aytish o‘rinliki, hozirgi paytda barcha tijorat banklarida ota-onalarning qiziqishlari, orzu-havasidan kelib chiqib, yoshlar istiqboliga daxldor turli omonatlar joriy etilgan.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda tijorat banklarining malakali mutaxassislari tomonidan amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, tadbirkorlik sohasida yaratilgan imtiyozlar, bank xizmatlari turlari va shartlari yuzasidan ma’ruzalar qilindi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



Яна кўринг

30 май 2022

Германия жамғарма кассалар фонди билан ҳамкорликда тренинг ташкиллаштирилди

Бугун Микрокредитбанк AТБ ҳамда “German Sparkassenstiftung for international cooperation” ҳамкорлигида банк ходимлари учун интерактив семинар ташкиллаштирилди.

27 май 2022

Микрокредитбанкда бизнес ва лидерлик бўйича семинар бўлиб ўтди

Жорий йилнинг 26 май куни банк тизимида халқаро эксперт Моника Пиккер лекторлигида "Бизнесни ташкил этишнинг муҳим омиллари ва лидерлик сифатлари" мавзусида семинар ташкил этилди.

15 апрел 2022

Олимпиадада ғолиб бўлган талабалар банкка ишга қабул қилинади

Олимпиада ғолиблари ноутбук, планшет, смарт соат ва эсдалик совғалар билан тақдирландилар.

Сўров

Ишонч телефони хизмат кўрсатиш сифатини баҳоланг
Омонат очиш — осон!
MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Омонат очиш — осон!
Омонат очиш — осон!
Бепул ўтказмалар
5 миллион сўмгача бўлган ўтказмалар — тўлиқ бепул!
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Бепул ўтказмалар
Бепул ўтказмалар
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Тез ва осон! MAVRID иловасини ҳозироқ юклаб олинг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн Микрокарз "Оммабоп"
Онлайн таълим кредити
Ўқишни кечиктирманг — ҳозироқ бошланг.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Онлайн таълим кредити
Онлайн таълим кредити
Виртуал карталар
Виртуал карталар MAVRID иловасида. Телефонингиз — ҳамёнингиз.
Mavrid иловасини сизга қулай бўлган сервис орқали ўрнатинг:
Виртуал карталар
Виртуал карталар
Асосий Харита бўйича
Биз билан боғланиш
Ягона телефон-маркази
Иш тартиби: Ду-Жу 08:00-20:00
Ишонч телефони
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Барча алоқалар
Коррупцияга қарши назорат департаменти ишонч рақами
(Ички рақам: 1265)
Иш тартиби: Ду-Жу 09:00-18:00
Мобил илова
Мобил илова

Иловаси ёрдамида барча банк хизматларидан 24/7 фойдаланинг — уйдан чиқмасдан, тез, қулай ва ишончли тарзда!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босингPowered by X