
14-15 aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin va G'allaorol tumanlarida “Mikrokreditbank sarmoyalari – tadbirkorlik, bunyodkorlik va taraqqiyot xizmatida!” shiori ostida seminar o'tkazildi.
Tadbir O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi Respublika Markaziy banki, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik Partiyasi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki hamkorligida tashkil etildi.
Turli davlat va jomoat tashkilotlari vakillari hamda aholi ishtirokida o'tgan mazkur seminarda xaqimiz turmush sharoitini ko'tarish, joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bahamjihatlikda hal qilish yo'llari, bu borada yaratilgan shart-sharoit, imtiyozlar, ayollar va yoshlar tadbirkorligi, oilaviy biznesni rivojlantirish hususida jonli muloqot tarzida batafsil ma'lumotlar beriladi.
Tadbirda Zomin tumanidagi qishloq xo'jaligi va maishiy xizmat hamda G'allaorol tumanidagi Iqtisodiyot kasb hunar kollejlarining jami 20 nafar bitiruvchilariga, shuningdek, o'n nafar tadbirkor ayollarga bank sertifikatlari taqdim etildi.