Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan yurtimizdagi bir qator hokimiyat hamda tashkilotlarga homiylik yordamlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan,

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasiga 50 mln so‘m homiylik mablag‘i ajratildi. Mazkur mablag‘larni jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan diniy-maʼrifiy tashkilotlarning moddiy texnika taʼminotini yaxshilash, soha vakillari mehnatini munosib ragʼbatlantirish maqsadida sarflash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Qoʼngʼirot tuman hokimligiga 28 mln so‘m miqdorida homiylik mablag‘i ajratildi. Ajratilgan mablag‘ asosida “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, kam taʼminlangan hamda nogironligi boʼlgan shaxslarni moddiy qoʼllab-quvvatlash maqsad qilingan.

Buxoro viloyati Jondor tumani hokimligiga ham bank tomonidan 500 mln so‘m homiylik yordami ko‘rsatildi. Homiylik mablag‘i asosida mazkur tumandagi Shoʼrabod MFYga yangi bino qurish, mahalla koʼchalarini yoritish hamda mahalla yoʼllarini taʼmirlash ko‘zda tutilgan.