“Mikrokreditbank” АTB Buxoro viloyati mintaqaviy filiali tomonidan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratishda muammolar yuzaga kelayotgani 2021-yil 22-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi “Yoshlar Parlamenti” aʼzosi Аsliddin Kamalov tomonidan tanqid qilingan.

“Nima uchun yoshlar imtiyozli kredit olmayapti?” sarlavhali maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 21-iyun kuni ushbu holat boʼyicha bank xodimlari tomonidan mijoz taqdim etgan hisob-fakturaga asosan olib kelingan mahsulotlar holati oʼrganilgan. Mijozga taʼminotchi tomonidan taqdim etilgan hisob-fakturaga koʼra, faoliyat joyidagi kompyuter jihozlari eski (avval ishlatilgan) ekanligi aniqlangan. Mijozga tartibga asosan yangi uskunalar olib kelinishi tushuntirildi va muhlat berildi.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda Buxoro viloyatining oʼzida 3110 nafar yoshlarga 80,0 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratilgan boʼlib, buning natijasida 3300 dan orti ishchi oʼrni yaratildi.