Joriy yilning 29- iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo tumanida bir fuqaroning davlat kredit bermayotganligi uchun oʼzini yuqori qavat binodan tashlamoqchi boʼlganligi aks etgan video lavha eʼlon qilindi.
Xolat yuzasidan quyidgilarni maʼlum qilamiz. Аniqlanishicha, Oqdaryo tumani “Toʼron” MFY “Аrpa” qishlogʼida yashovchi fuqaro Eshquvvatov Fozil Joʼraboy oʼgʼli 2020- yil aprel oyida hunarmandchilikka yogʼoch mahsulotlari sotib olish uchun Mikrokreditbankning Loyish filialidan 30 million soʼm kredit olgan. Fuqaroning oylik kredit qarzini toʼlash soʼmmasi 2 million 895 ming soʼm boʼlib, 2021- yil may-iyun oylari uchun toʼlovni amalga oshirmagan.
Hozirda fuqaro F.Eshquvvatovning bankdan ikki oylik toʼlov qarzi 5 million 517 ming soʼm boʼlib, bankka ushbu qarzini qaytarmaslik uchun ushbu hiyla-nayrangni uyushtirgan. Shuningdek, fuqaro uning turmush oʼrtogʼi Mahliyo Norboevaning ham Mikrokreditbankdan toʼlanmagan 2 oylik, jami 2 million 50 ming soʼm qarzdorligi mavjud. Fuqaro F.Eshquvvatovga nisbatan bank tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlarda “davlat kredit bermaganligi uchun fuqaro oʼzini binodan tashlamoqchi boʼldi” deb, notoʼgʼri talqin qilinganligini maʼlum qilamiz.