“Mikrokreditbank” АTB hamda "Incofin" CVSO (Belgiya) investitsion kompaniyasi oʼrtasida 16,5 mln. Yevro miqdoridagi shartnoma imzolandi.
Mablagʼlar Invest In Visions (IIV) Mikrofinanzfonds (Germaniya) tomonidan ajratildi. Mazkur kredit liniya mablagʼlari xususan, qishloq hududlarida kichik biznesni qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltiriladi.
Ma’lumot uchun: Incofin kompaniyasi 2001-yilda tashkil etilgan bo`lib, inklyuziv taraqqiyotni rivojlantirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlarga mablag' va investitsiyalarni ajratadi. Mazkur tashkilotning investorlari sifatida yetakchi rivojlanish fondlari, banklar, sug'urta kompaniyalari, pensiya fondlari, alternativ investitsiya fondlari kabi tashkilotlar faoliyat olib boradi.