Bankning barcha bankomatlari soz va shay (naqd pul bilan taʼminlangan) holatda boʼlishini taʼminlash maqsadida tegishli filial yoki BXM xodimi tomonidan doimiy ravishda tez-tez joyiga borgan holda va Bosh bank mutaxassislari tomonidan esa maxsus dasturiy taʼminot orqali onlayn tarzda masofaviy monitoring qilib turiladi. Respublikamizda ommaviy bayram va boshqa koʼngilochar tadbirlar oʼtkazilishi munosabati bilan mazkur monitoring amaliyoti ikki barobarga kuchaytirilgan holda amalga oshiriladi.
Bankning Samarqand viloyat Ziyovuddin filiali qoshidagi Oqtosh bank xizmatlari markazi binosi yonida tashkil etilgan bankning 24/7 shaxobchasida oʼrnatilgan UZCARD toʼlov tizimida ishlovchi bankomatdan joriy yilning 19-iyul sanasi soat 13:57 da fuqaro naqd pul yechmoqchi boʼlganida, Narpay tumani aloqa tarmogʼida qisqa vaqtli uzilish boʼlganligi sababli, mazkur fuqaro bankomatdan naqd pul yecha olmagan. Mazkur fuqaro naqd pul olish uchun ikkinchi marotaba kartasini bankomatga kiritganida bankomatda naqd pul yetarli boʼlganligi sababli yechib berar edi. Yaʼni Oqtosh BXM xodimi tomonidan mazkur bankomat shu kuni jami 57 500 000 soʼm naqd pul bilan taʼminlangan hamda yana toʼldirish uchun Samarqand viloyat Markaziy bankidan 300 000 000 soʼm madad puli olish maqsadida talabnoma joʼnatilgan va ushbu madad puli kech soat 19:00 da kelgan.