
Мутахассисларнинг таъкидлашича, инсон соғлом бўлиши учун бир йилда ўртача 10 килограмм парранда гўшти ва 100 дан ортиқ тухум истеъмол қилиши зарур. Чунки улар парҳез маҳсулотлари ҳисобланиб, инсон организми учун жуда фойдалидир.
Парранда гўшти тез ҳазм бўлиш хусусиятига кўрабарча турдаги чорва моллари гўштидан устун туради. Таркиби ҳар хил кимёвий элементларга бой. Мазкур элементларни ҳисобга олган ҳолда, мамлакатимизда ҳам паррандачилик соҳасининг ривожи бўйича изчил ишлар амалга оширилмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Паррандачиликни ривожлантириш ва тармоқ озуқа базасини мустаҳкамлашга қаратилган қўшимча чора–тадбирлар тўғрисида” 2021 йил 14 июндаги ПҚ-5146-сонли қарори билан республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш шунингдек, паррандачилик йўналишидаги тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлаш мақсадида бир қатор имтиёзлар берилди.
Jumladan, qoʼshimcha qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlgan parrandachilik xoʼjaliklariga – oʼz xoʼjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʼm hamda parranda goʼshtining har bir kilogrammi uchun 2500 soʼm (24.01.2022 y. PQ-100) miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish joriy etildi.
Shuningdek, parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar boʼyicha imtiyozlar berildi.
Xususan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagi maqsadlar uchun ajratilayotgan kredit boʼyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi hisobidan:
- omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʼmgacha boʼlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʼlmagan qismi;
- parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʼmgacha boʼlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʼlmagan qismi qoplab beriladi.
Shu bilan birga, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning toʼliq quvvatda ishlashini taʼminlash va ozuqa zaxirasini shakllantirish maqsadida quyidagilar uchun kreditlar ajratilishi belgilangan:
- parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni toʼliq ishga tushirish uchun 24 oygacha boʼlgan muddatga aylanma mablagʼ ajratish va modernizatsiya qilish;
- «Mikrokreditbank» АTBga yoʼnaltiriladigan maqsadli mablagʼlar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subʼektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.
Mikrokreditbank tomonidan qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan oʼtkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish boʼyicha aniq chora-tadbir belgilab olindi. Xususan, oʼtkazilgan qoʼshimcha oʼrganishlar natijasiga koʼra, parranda ozuqasi zahirasini zaxira qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun hududlardan 201 ta tadbirkorlik subyektlari boʼyicha (181 tasiga ozuqa uchun aylanma mablagʼlar va 20 tasiga modernizatsiya uchun) 800 mlrd.soʼm bank kreditiga talab shakllandi.
Bugungi kunga qadar ushbu talab asosida jami 179 ta loyihaga 438,6 mlrd. soʼm kreditlar ajratib berildi.
Shuningdek, parrandalar uchun ozuqa-em ishlab chiqarishni qoʼllab-quvvatlash maqsadida, yillik quvvati 181 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta loyihaga jami 80,3 mlrd. soʼm kreditlar berildi.
Mazkur loyihalar toʼliq amalga oshirilishi evaziga yiliga 1,3 mlrd. dona tuxum va 74 ming tonna parranda goʼshti yetishtirish hamda 180,5 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.
Parrandachilik yoʼnalishda loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha bank tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.



















