Kuni kecha Аndijon viloyati “Mikrokreditbank” filiali xodimlari turli bahonalar bilan 2 oydan buyon fuqaroni sarson qilib kredit olishiga yoʼl qoʼymayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali shikoyat eʼlon qilindi.
Taʼkidlash kerakki, Аndijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Dildora Olimjonova tomonidan bankka 27-fevral kuni tikuvchilik yoʼnalishida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish (rivojlantirish) maqsadida 25 850 000 soʼm kredit mablagʼini olish uchun murojaat qilingan.
Hokim yordamchisi tomonidan shaxsan arizachining faoliyat joyiga borib oʼrganilganida mahsulotlar toʼliq va sifatli yetkazib berilganligi hamda arizachi toʼliq qoniqish hosil qilganligi aniqlandi.
Shundan keyin, fuqaro D.Olimjonovaga “Mikrokreditbank” Аndijon filiali tomonidan 25 565 000 soʼm miqdorida kredit ajratib berildi.
Аyni paytda fuqaroning bankdan hech qanday eʼtirozi yoʼqligi taʼkidlangan.